07:51 / 10.11.2016
5951

Pentagon Suriya va Iroqda o‘z havo zarbalaridan halok bo‘lgan tinch aholi vakillari soniga oydinlik kiritdi

Foto: Getty Images

AQSh harbiy havo kuchlarining Iroq va Suriyaga bergan havo zarbalari oqibatida 64 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Gap 2015 yil noyabridan 2016 yil noyabrigacha bo‘lgan bir yil muddat davomida berilgan 24ta havo zarbasi haqida bormoqda. 

Amerika harbiy mulozimlarining so‘zlariga ko‘ra, uchuvchilar ushbu zarbalarni berish chog‘ida tinch aholi vakillari orasida qurbonlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun imkon qadar urinishgan. 

Umuman, 2014 yildan beri mazkur mintaqadagi harbiy amaliyotlarda, Iroq va Suriyaa 12 mingdan ortiq havo zarbasi berilgan. AQSh kuchlari 114 nafar tinch aholi vakilining umriga zomin bo‘lgan. 

 

Mavzuga oid
Top