19:30 / 11.11.2016
6992

Amerikaliklar Trampni qo‘llagan firma mahsuloti bo‘lgan krossovkalarni yoqib yubormoqda

Foto: @kiemzi

Amerikaliklar New Balance firmasi krossovkalarini bu firma AQSh prezidenti saylovida g‘olib chiqqan Donald Trampni qo‘llagani uchun yoqishga kirishdi. CNN xabariga ko‘ra, jamoatchilik noroziligiga kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi vitse-prezidenti Mettyu LiBrettonning chiqishi sabab bo‘ldi.

«Obama ma'muriyati bizning so‘rovlarimizga gung va soqov kabi munosabatda edi. Endi yangi saylangan prezident Tramp bilan biz to‘g‘ri yo‘lda bo‘lamiz», — degandi u. Keyinroq New Balance vakillari «to‘g‘ri yo‘nalish» deyilganda Trampning Transtinch okeani hamkorligi bo‘yicha pozitsiyasi nazarda tutilganini aytishdi.

Respublikachi Tramp 9 noyabr kuni prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgani e'lon qilindi. Shundan so‘ng mamlakatning yirik shaharlarida saylov yakunlaridan norozi bo‘lgan kishilar norozilik namoyishlari o‘tkaza boshladi. Nyu-Yorkda birinchi kuni 3 hududda norozilik mitinglari boshlandi, keyinchalik guruhlar birlashdi, politsiyachilar 16 kishini qo‘lga oldi. Kaliforniyaning Oklend shahrida ham ommaviy noroziliklar davom etdi. Bu yerda odamlar o‘t qo‘ya boshlashdi va shunday xitoblar qilishdi: «U bizning prezident emas!», «Bu ko‘chalarmi? Bu bizning ko‘chalar!»

New Balance — Amerikadagi sport liboslari va buyumlari ishlab chiqaruvchi brend bo‘lib, uning firmalari asosan oyoq kiyimlari va  aksessuarlar tayyorlaydi. Kompaniyaga 1906 yilda Uilyam J. Ralli asos solgan.

Politico: Tramp AQShni Transtinch okeani hamkorligidan olib chiqadi

Top