19:07 / 11.11.2016
13447

Dunyoning eng qimmatbaho mashinasi auksionga qo‘yildi

Foto: TALACREST / SWNS

1962 yilning noyob Ferrari 250 GTO mashinasi 45 mln funt sterling (56 mln dollar) narx bilan auksionga qo‘yildi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Avtomobil "Sebring 12 soati" marafonida ishtirok etgani va bu poygada o‘z sinfida g‘olib bo‘lgani hamda umumiy hisobda 2-o‘rinni olgani bilan mashhurdir. Mashina shuningdek "Le-Man 24 soati" musobaqasida ham ishtirok etib, o‘z toifasida g‘olib bo‘lgan va poygada marraga oltinchi bo‘lib yetib kelgan.

Model 300 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 6 soniyada erishadi. Uning maksimal tezligi esa 270 km/soat ni tashkil qiladi. 

Bugungi kunda eng qimmatbaho mashina 1963 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 250 GTO mashinasi bo‘lib kelayotgandi: u 2013 yilda 52 mln dollarga sotilgan.

Foto:   TALACREST / SWNS
Mavzuga oid
Top