16:06 / 11.11.2016
10093

Filippin prezidenti Tramp o‘ziga o‘xshashi haqida aytgan fikrini qaytib oldi

Foto: AFP

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte ma'lum qildiki, AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp bilan solishtirganida o‘zi zarra kabidir. Bu haqda Sun Star xabar qilgan.

«Men bu sayyorada bir molekula qatoriman. Tramp esa dunyodagi eng kuchli davlat prezidenti», — degan u.

Duterte o‘zini milliarder respublikachi bilan solishtirishga urinish muvaffaqiyatsiz chiqqanini qo‘shimcha qilgan.

«Men bir-birimizga o‘xshaymiz degan fikrdan yiroqman. Bizning umumiy jihatimiz – xalqqa xizmat qilishdir», — deya qayd etgan filippinliklar prezidenti.

Duterte Trampni saylovdagi g‘alaba bilan tabriklagan va kelgusida Qo‘shma shtatlar bilan ziddiyatga kirishish niyatida emasligini bildirgan. Shu bilan birgalikda u amerikalik harbiylarni Filippindan chiqarib yuborish niyatidan qaytmasligini ta'kidlagan.

Bir kun oldin Duterte Donald Tramp o‘ziga o‘xshashini aytgandi.

Top