11:17 / 11.11.2016
3240

Xitoyda barpo etilayotgan uyning qulashi 4 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: © AP

Xitoyning markaziy qismidagi Xenan viloyatida qurilayotgan uyning bexosdan qulashi oqibatida 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Baxtsiz hodisa Sinsyan shahar okrugi Chjansinchjuan qishlog‘ida ro‘y bergan. Vayronalar ostida qolib ketgan 6 kishining 4 nafari keyinroq shifoxonada jon taslim qilgan. 

Ayni vaqtda voqea sabablari o‘rganilmoqda. 
 

Mavzuga oid
Top