20:31 / 11.11.2016
4466

Iroq oktabrda kuniga 4,77 mln barrel neft qazib olganini ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Iroqda neft qazib olish milliy hajmi oktabrda kuniga 4,77 mln barrelni tashkil qilgan. Iroq bunday ko‘rsatkichlarni OPeK kotibiyatiga 11 noyabrda OPeK bu ko‘rsatkich 4,561 mln barrel ekani ko‘rsatilgan har oylik hisobotni chop etgandan keyinoq jo‘natdi. Bu haqda OPeKda ma'lum qilindi.

OPeK hisobotida davlatlarning neft qazib olishi haqidagi ko‘rsatkichlar bir nechta ikkilamchi manbalardan (odatda, Platts, Argus narx agentliklari ma'lumotlari asosida) olingan ma'lumotlarga asoslanadi.

OAVda avval ma'lum qilinganidek, OPeK a'zolari neft qazib olish hajmini muzlatish ortida individual neft qazib olish hajmlari borasida kelisha olmayotganlarining sabablaridan biri OPeKda Saudiya Arabistonidan keyin neft qazib olish bo‘yicha ikkinchi yirik davlat bo‘lgan Iroqning pozitsiyasi bo‘lmoqda. Iroq vakillari OPeK ikkilamchi manbalardan olingan ma'lumotdan foydalanib, mamlakatda neft qazib olishning real hajmini yetarli darajada baholay olmayapti, deb hisoblamoqdalar. Bundan tashqari, Iroq tashqi cheklovlar yoki harbiy ixtiloflar tufayli neft qazib olish hajmi pasaygan Eron, Liviya va Nigeriya kabi o‘ziga imtiyozli muzlatish shartlarini talab qilmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top