18:41 / 11.11.2016
4919

Kroyf oltin medal bilan mukofotlandi

Niderlandiya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi marhum Yoxan Kroyfni Barselona shahar ma'muriyati sportdagi xizmatlari uchun oltin medal bilan mukofotladi.

Eslatib o‘tamiz, Kroyf shu yilning 24 martida 69 yoshida saraton kasalligidan so‘ng vafot etgandi.

Ushbu afsonaviy futbolchi o‘z faoliyatini «Ayaks» va «Barselona» jamoalariga bag‘ishlagan. U futbolchi sifatida 8 marta Niderlandiya chempioni, 1 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan. Niderlandiya terma jamoasi safida 1974 yilgi Jahon chempionatining kumush medalini, 1976 yilda esa Yevropa birinchiligining bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Top