20:39 / 11.11.2016
11942

Lukashenko va Erdo‘g‘an Minskda jome masjidini ochib berishdi 

Foto: Belarus respublikasi prezidenti matbuot xizmati

Belarus tinchlikparvar siyosat yurg‘izmoqda va mamlakatdagi dinlararo munosabatni qadrlaydi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan birga jome masjidini ochib bergan marosimda gapirib o‘tdi.

"Belarus – tinchlikparvar mamlakat. Biz tinchlikni va xotirjamlikni qadrlaymiz, shu bois mamlakatdagi turli din vakillari uchun ibodatxonalar quramiz", - dedi Belarus rahbari.

Lukashenkoning ishonch bildirishicha, mazkur jome masjidi belaruslik musulmonlar ibodat qilish uchun eng muhim e'tiqod markazlaridan biri bo‘ladi.

Top