21:29 / 11.11.2016
10039

Nursulton Nazarboyev: sardor oq otda doimo oldinda va sog‘lom bo‘lishi kerak

FOTO AKORDA.KZ

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Seulga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan jurnalistlar uchun matbuot-anjumanida bunday yuklangan kun tartibida o‘z ishini uddalay olishiga nima yordam berishi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda nur.kz muxbiri ma'lum qildi

"Men sardor oq otda doimo oldinda va sog‘lom bo‘lishi kerakligini doimo esda tutaman. Faqat shunday buni uddalash mumkin. Prezident ishi shundayki, sen butun vaqting, sog‘lig‘ingni, ish vaqti bo‘ladimi, boshqa vaqtmi, to‘liq bag‘ishlashing haqida o‘zingga hisobot berishing kerak. Faqat shunday yo‘l bilan menga yuklangan barcha majburiyatlarni bajara olishim mumkin", deb ta'kidlab o‘tdi Nursulton Nazarboyev. 

Prezident noyabr boshidan beri xalqaro safarlar uyushtirmoqda. U safarlar davomida soat poyaslarini tez-tez o‘zgartirayotgani sababli uyqusiga putur yetgan.

"Bu mening ishim, shuning uchun men charchamayman. Mening zimmamda davlatim, xalqim oldida javobgarlik bor. Soat poyaslari charchatishi boshqa gap. Men shuni payqadimki, biz g‘arbga ketishimizdan ko‘ra sharqqa ketishimiz, so‘ngra Qozog‘istonga qaytganimiz  yengilroq ekan. Albatta charchaysan, to‘yib uxlay olmaysan. Bunday kunlarda men eng ko‘pi bilan 3-4 soat uxlayman.

Miya doimo to‘xtamasdan ishlaydi, sen jiddiy muzokaralar, ishonarli muzokaralar o‘tkazishing kerak. Qozog‘istonni boshqachasiga qanday qiziqtirish mumkin? O‘z maslaging, o‘z siyosating, o‘zingning tinchlik, yadroviy qurolsizlantirish ishiga sadoqating bilan. Biz ko‘plab dunyolarning hurmatini qozonganmiz, shuning uchun men charchamayman", deb aytdi Qozog‘iston prezidenti. 

 

 

Top