22:48 / 11.11.2016
11883

Pentagon rahbari Trampga Rossiya bilan Suriya bo‘yicha hamkorlik qilmaslikni tavsiya qildi

Foto: Getty Images

Pentagon rahbari Eshton Karter AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Trampga Rossiya bilan Suriya bo‘yicha hamkorlik qilmaslikni tavsiya qildi. U bu haqda CBS This Morning dasturi efirida aytib o‘tdi. 

"Ruslar, agar eslasangiz, Suriyaga terrorchilikka qarshi kurashish va Asadni olib tashlashda yordam berish uchun kelishlariga va'da berishgandi. Biroq ular uni ham, buni ham qilmadilar. Ular Asadga yordam bermoqdalar, bu esa Suriya fuqarolik urushidagi alangani kuchliroq avj oldirmoqda", deb aytdi Karter va Trampga "ruslar to‘g‘ri ish qilishni boshlashmaguncha, ular bilan ish olib bormaslikni" maslahat qildi.

 

Top