15:27 / 11.11.2016
8936

Shaxsiy ishlari tufayli xorijga ketgan Tailand taxti vorisi mamlakatga qaytib keldi

Tailand taxti vorisi Maxa Vatchiralongkon Maxidol juma kuni xorij safarida Bangkokka qaytib keldi. Bu haqda mamlakat armiyasidagi manbaga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq shahzoda 1 dekabr kuni taxtga o‘tirishi mumkinligi haqida xabar qilingandi. Lekin oktabr oyida shahzoda shaxsiy ishlari tufayli Germaniyaga jo‘nab ketdi va uning marosimga tayyor bo‘lishiga shubhalar paydo bo‘ldi.

"Oliy hazratlari bugun Germaniyadan Tailandga qaytib keldi va kechqurun qirollik piyoda polki ishtirokidagi tadbirga tashrif buyurdi", deyilgan xabarda.

Agentlikka intervyu bergan ekspertlardan birining aytishicha, shahzodaning qaytishi taxtga chiqish marosimiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bildirilgan shubhalarni tarqatib yuboradi.

Mavzuga oid
Top