11:35 / 11.11.2016
7176

Tojikistondagi afg‘on elchisi Germaniya elchixonasiga qilingan hujum oqibatida yaralandi

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi “Tolibon” radikal harakatining jangarilari hujumi oqibatida Afg‘onistondagi Mozori Sharifda joylashgan Germaniya elchixonasida yarador bo‘ldi. Bu haqda “Pajvok” axborot agentligi xabar bermoqda.

Avval xabar berilganidek, elchixonaga qilingan hujum oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi va 120 nafarga yaqin kishi jarohatlandi.

Xudkush minalashtirilgan avtomobilda juma kuni kechqurun Mazar Hotel mehmonxonasining devorlariga borib urilgan. Bu yerdan germaniyalik diplomatlar konsullik vazifasida foydalanishar edi. Ikkinchi kuchli portlash bino ichida yuz bergan. Shundan so‘ng binoga tutash ko‘chada otishma yuz bergan.

Toliblarning vakili so‘zlariga ko‘ra, hujum amerikaliklarning Qunduzdagi aviazarbasiga javoban uyushtirilgan.

 

Top