11:07 / 11.11.2016
11631

Janubiy Koreya prezidenti siyosatidan norozilar soni keskin oshib ketdi

Foto: © RIA Novosti

Janubiy Koreyaning prezident Pak Kin Xe siyosatidan norozi fuqarolari soni 90 foizga yetdi. Gallup Korea ijtimoiy xizmati o‘tkazgan tadqiqot natijasi shundan darak bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, prezidentni qo‘llab-quvvatlash darajasi so‘nggi haftada unchalik jiddiy o‘zgarmagan, biroq, Pak Kin Xening prezidentligidan norozilar soni 1 foizga oshib, 90 foizga yetgan.

Pak Kin Xe qohin dugonasi Chxve Sun Silning davlat siyosatiga aralashishiga imkon berganlikda gumon qilinmoqda. Janubiy Koreya sudi allaqachon Sun Silni hibsga olish bo‘yicha order bergan. 
 

Mavzuga oid
Top