10:40 / 12.11.2016
4795

Lebron Jyeyms MBAning 27 ming ball to‘plagan eng yosh o‘yinchisi bo‘ldi

Foto: Twitter/Spark_Sports_

MBAning "Clevelend" jamoasi hujumchisi Lebron Jyeyms, "Washington" jamoasiga qarshi o‘yinning ilk choragida, an'anaviy chempionatlarda 27 ming ball to‘plashga erishgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. Jyeyms birinchi chorakda 11 ochko to‘plagan. 

Shu bilan 31 yoshli basketbolchining hisobida 27 004 ochko bor. Vashingtonda bo‘lib o‘tgan o‘yinda Jyeyms 31 yoshu 317 kunlik bo‘lgan va "Los-Angeles Lakers" jamoasining mashhur o‘yinchisi Kobi Brayant natijasini yangiladi. U 32 yoshu 160 kunligida shunday natijani qo‘lga kiritgan edi. 

Avvalroq, Jyeyms liganing eng samarali o‘yinchilari o‘nligiga kirgan edi. 
 

Mavzuga oid
Top