21:17 / 12.11.2016
30297

Moskva va Sankt-Peterburgda yirik terakt sodir etmoqchi bo‘lgan markaziy osiyoliklar qo‘lga olindi

Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Moskva va Sankt-Peterburgda yirik terakt sodir etishga uringan terrorchilik tashkilotining o‘n nafar a'zosini qo‘lga olgan. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

FXXda ma'lum qilinishicha, “terrorchilar avtomatik qurollar va kuchli ta'sirga ega mustaqil harakatga keluvchi portlovchi qurilmalardan foydalangan holda terakt uyushtirmoqchi bo‘lishgan”.

O‘tkazilgan operatsiya vaqtida terrorchilardan to‘rtta mustaqil harakatga keluvchi bomba, o‘t ochish qurollari, o‘q-dorilar va aloqa vositalari qo‘lga kiritilgan.
Tashkilotda ta'kidlanishicha, guruh tarkibida markaziy osiyolik fuqarolar ham bo‘lgan. 

Operatsiya Tojikiston va Qirg‘iziston maxsus xizmatlari, shuningdek, Rossiya IIV bilan hamkorlikda olib borilgan.

Qo‘lga olinganlarning ko‘rsatma berishicha, ular Yaqin Sharqda IShID terrorchilik tashkilotining rahbarlari ko‘rsatmasiga muvofiq ana shunday ishga qo‘l urishgan. 

Top