16:06 / 12.11.2016
54908

Fotojamlanma: Obama ham barchaga o‘xshash oddiy bir inson

Barak Obamaning suratkashi Pit Souza 8 yil davomida davlat rahbarining yonida bo‘lib, uning professional suratkashi sifatida xizmat qilmoqda. Suratkash BBC Newsnight'ga bergan qisqa intervyusida o‘tgan yillar davomida Obamaning 2 million surati yig‘ilib qolganini aytib, ulardan  ba'zilarini nashrga taqdim etdi. 

1983-1989 yillarda Ronald Reyganning suratkashi bo‘lgan Souzaning so‘zlariga ko‘ra, u Obamaning ilk suratini 2005 yilda, uning senatorlik davrida olgan: "U Qizil maydon atrofida sayr qilib yurardi va hech kim uni bilmasdi", - deydi suratkash. Shu voqeadan 4 yil o‘tib esa, Barak Obama AQShning 44-prezidenti etib saylandi. 

Quyida Souzaning Obama ishtirokidagi ajoyib suratlaridan ba'zilarini tomosha qilishingiz mumkin.

1. Barak Obama va Ella Rodes, Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari Ben Rodesning qizi

2. AQSh prezidenti Barak Obama Lourens Lipskomb bilan musht urishtirmoqda

3. Kichik bolakay prezidentning sochlarini ushlab ko‘rib, o‘zining sochlari bilan taqqoslamoqda

4. Obama Yamaykani tark etmoqda

5. Obama hazillashib tarozini bosib turibdi

6. AQSh prezidenti Barak Obama turmush o‘rtog‘i Mishel Obama bilan birgalikda shahzoda Jorj bilan suhbatlashishmoqda

7. Barak Obama Ella Rodes bilan o‘ynamoqda

8. Bo bilan bellashuv

9. Oq uydagi oilaviy portret

10. Prezident 3 yoshli O‘rgimchak-odam bilan o‘ynamoqda

11. Bir yoshli Linkoln Rouz Smit yurishni o‘rganmoqda

12. Barak Obama unga maktub bitgan kishilar bilan pitssa tanovul qilmoqda, Kolorado shtati

13. Oval xonadagi rasmiy uchrashuvni kutib

14. AQSh prezidenti Barak Obama supermarketda shaftoli mazasini tatib ko‘rmoqda

Mavzuga oid
Top