20:29 / 12.11.2016
15252

Saudiya Arabistoni qirolining ukasi vafot etdi

Foto: © AP

Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning ukasi shahzoda Turkiy ibn Abdulaziz Ol Saud shanba, 12 noyabr kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda qirollik saroyi ma'lumotiga asoslanib, Saudiyaning rasmiy agentligi SPA xabar bermoqda.

Shahzoda Turkiy Ol Saudning nufuzli shajarasidan bo‘lib, amaldagi qirol Salmonning ukasi edi. Ayni vaqtda u rasmiy amalda emas edi, faqatgina 1968-1978 yillarda qirollik mudofaa vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Qirollik saroyining ma'lum qilishicha, shahzodaning vafot etish munosabati bilan uch kunlik motam e'lon qilinadi. 

 

Top