Polsha poytaxti Varshava shahrida 100 ming nafarga yaqin millatchilik kayfiyatida kishilar namoyish o‘tkazishdi. U Polsha mustaqilligi kuniga bag‘ishlandi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Ma'lum qilinishicha, yig‘ilganlar muhojirlikka qarshi shiorlarni aytishgan, yurishning o‘zi «Polsha – Yevropa bastioni» shiori ostida tashkil etilgan. Xabarlarga ko‘ra, millatchilar yurishi chog‘ida Ukraina davlat bayrog‘i yoqib tashlangan. Shu munosabat bilan, Ukraina tashqi ishlar vazirligi Polsha tashqi ishlar mahkamasiga norozilik notasi yuborgan.