08:27 / 12.11.2016
7862

Yunker Trampning g‘alabasiga oid fikrlarini bildirdi

Foto: © RIA

Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunkerning fikricha, AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Trampning g‘alabasi, qit'alararo aloqalarga tahdiddir, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Trampni saylash qit'alararo aloqalarning asosi va tuzilmasiga xavf soladi», — degan Jan-Klod Yunker. 

Uning qayd etishicha, yangi prezidentga «Yevropa nima ekani va u qanday siyosat yuritishi» borasida ta'lim berish kerak. Yunkerga ko‘ra, Trampning xavfsizlik sohasidagi bayonotlari «halok qiluvchi oqibatlar»ga sabab bo‘lishi mumkin. 

Avvalroq, Jan-Klod Yunker, Trampning g‘alabasidan keyin Yevropa yagona armiyasini tuzishga chaqirgan edi. 

 

Top