11:09 / 14.11.2016
12853

Alyaskalik suvda bir-biri bilan shoxlasha turib muzlab qolgan loslarni topdi

Foto: Facebook

Alyaska shtatining Unalaklit shahrida istiqomat qiluvchi Jyeff Erikson  o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida daryoda muzlab qolgan loslarning suratlarini namoyish qildi

Suratlardan ko‘rinishicha, jonivorlar suvdaligida shoxlarini bir-biridan uza olmagan va suvdan chiqa olmagan. Ular tez orada shu holatda muzlab qolgan.

Bu suratlar The Alaska Life nashrining diqqatini o‘ziga qaratdi va «tabiatning shafqatsizligi» eslatib o‘tildi.

Erikson keyinroq bu loslar jasadi muzlagan suvdan olib chiqilgani haqida xabar bergan.

Top