Qirg‘iziston hududida 4,7 magnitudali zilzila kuzatildi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bergan.
Yer osti silkinishi 14 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:07da sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Qirg‘iziston hududida, Adishev qoyalari joylashgan tog‘da, O‘sh shahridan 50 km sharqda, Uchkaptal punktidan 10-12 km masofada, 5 km chuqurlikda joylashdi.
O‘shdagilar 3,5 balli zilzilani sezishgan, qishloq hududlarida zilzila kuchi 4,5 ballni tashkil qilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.