18:50 / 14.11.2016
19131

Marsga chiquvchi sayyohlar yashaydigan uylar prototipi namoyish qilindi (fotojamlanma)

Qachonlardir odamlarning o‘zga sayyoralarda yashashini tasavvur qilish faqatgina fantast-yozuvchilarga xos edi, biroq bugungi kunda bu - Qizil Sayyoraga ilk parvozni amalga oshirishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan SpaceX va NASA kabi kosmik tashkilotlar xodimlari majburiyatiga kiradi. Buning uchun mutaxassislar sayyora va uning atmosferasi, ob-havo va shart-sharoitlari haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Newatlas.com'da Mars sayyorasida yashash uchun tayyorlanayotgan uylar prototipi suratlari taqdim etildi. 

National Geographic Grinvich Qirollik rasadxonasi olimlari va yozuvchi-jurnalist Stiven Petranek bilan hamkorlikda Marsdagi uylar prototipi ko‘rgazmasini tashkillashtirishdi. Ko‘rgazma doirasida Marsga chiqqan sayyohlar yashaydigan uylar prototipi namoyish etildi. 

Uylar eskimoslar to‘g‘nog‘ichini yodga soladi, faqat qurilish materiali sifatida g‘ishtchalarga aylantirilgan Mars tuprog‘idan foydalanish taklif qilinmoqda. Havoni tozalash tizimi sifatida kosmik kemaning oldindan optimallashtirilgan tizimi ishtirok etadi. Shu tariqa Yerdan Marsga olib chiqiladigan yuk hajmini kamaytirishning uddasidan chiqiladi. Uy ichida hayotiy muhim ahamiyatga ega oziq-ovqat moddalari yetishtirish taxmin qilinmoqda. Bu ham muhim ahamiyatga ega, chunki barcha yegulik zaxiralarini havo kemasida olib chiqishning iloji bo‘lmaydi. 

Yer usti zonasida Marsni ko‘rsatuvchi panorama oynasi, televizor, dam olish uchun krovat va  ishlash uchun kerakli bo‘ladigan detallarni chop etish imkonini beruvchi 3D-printer bo‘ladi. Shu tariqa sayyohlarning keyingi kosmik qurilmaning uchib kelishini kutib o‘tirishlariga hojat qolmaydi. Yer osti qismida esa asosiy dam olish joyi bo‘ladi. 

Joriy yilning 10-16 noyabr kunlari Londondagi Grinvich Qirollik rasadxonasida jamoaning mehnatini ko‘rish va baholash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu dam olish kunlarida National Geographic televizion kanalida shu mavzuga bag‘ishlangan yangi hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tadi. 

.

.

.

Suratlar:(Credit: Scott Collie/New Atlas

Top