14:53 / 15.11.2016
6625

Koreya prokuraturasi Samsung kompaniyasi bo‘limida tintuv o‘tkazdi

Foto: © EPA

15 noyabr kuni Janubiy Koreya prokuraturasi Cheil Worldwide kompaniyasi bosh qarorgohida tintuv ishlarini olib bordi. Bu kompaniya Samsung konsernining reklama bo‘yicha sho‘'ba korxonasi hisoblanadi. Ushbu tergov harakatlari respublika prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Chxve (Tsoy) Sun Sil ishi bilan bog‘liq. 

"Tintuv chog‘ida kompyuter qattiq disklari, buxgalterlik hujjatlari va Chxve Son Sil ishiga aloqador boshqa hujjatlar to‘plamlari olingan", - deyiladi prokurtura axborotnomasida. Tergovchilar kompaniyani Chxve Sun Sil va qizi tomonidan Germaniyada ta'sis etilgan firmasiga 3 mln dollar miqdorida mablag‘ o‘tkazishga aloqadorlikda gumon qilmoqda. 

Bugun, shuningdek, tergovchilar Lotte Group raisi Sin Don Binni ushbu ish doirasida so‘roq qilgan. Bundan avval, Janubiy Koreyaning Hyundai Motor kabi yirik kompaniyalari rahbariyatlari ham ko‘rsatma bergan edi. Prokuratura shu haftada mamlakat prezidenti Pak Kin Xeni ham so‘roq qilishni rejalashtirgan.

Top