18:25 / 15.11.2016
9239

Misrning sobiq prezidentiga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmi bekor qilindi

Foto: Reuters

Misr kassatsiya sudi mamlakatning sobiq rahbari Muhammad Mursiy ustidan chiqarilgan o‘lim jazosini bekor qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, 2013 yilning 3 iyul kuni mamlakatda davlat to‘ntarishi uyushtirishga harakat qilgan Mursiyning ishi qayta ko‘rib chiqiladi.
Misrning sobiq prezidenti advokatlari 2015 yilda unga nisbatan hukm qilingan umrbod ozodlikdan mahrum qilish va o‘lim jazosi ustidan shikoyat qilishgan edi. 

Mavzuga oid
Top