18:40 / 15.11.2016
15965

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni qiroliga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohiga uning akasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga taniqli davlat va jamoat arbobi, Podshohning akasi, shahzoda Turki bin Abdulaziz Ol Saudning vafoti munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etib maktub yo‘lladi hamda marhumning oila a'zolariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirdi", deyilgan TIV matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Turkiy bin Abdulaziz as-Saud 12 noyabr, shanba kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 84 yoshida olamdan o‘tdi.

Top