16:53 / 15.11.2016
15268

Turkiya bosh vaziri Yildirim YeIga o‘ziga xos ultimatum qo‘ydi

Foto: Reuters

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning bayonot berishicha, Yevropa Ittifoqi Turkiya va dushmanlaridan birini tanlashi kerak, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bryussel rasmiy Anqaradan Turkiya aksilterror qonunchiligini o‘zgartirishni talab qilishda davom etmoqda. 

Ta'kidlanishicha, Turkiya bosh vazirining mamlakat parlamentida qilgan chiqishi jonli efirga uzatilgan. Uning bayonoti Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyerning Turkiyaga rasmiy tashrifiga to‘g‘ri kelgan. 

Mavzuga oid
Top