19:33 / 15.11.2016
7433

O‘zbekistonlik ishbilarmonlar Qozog‘istonga yo‘l olishdi

16-19 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining ishbilarmon doirasi Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining (SSP) matbuot xizmatida xabar berildi

Tashrifdan maqsad - O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish. Tashrif tashkilotchisi - O‘zbekiston SSP. 

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida bo‘ladi. U yerda ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish borasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Top