18:17 / 16.11.2016
11003

KXDR: AQShda kim prezident bo‘lishi bizga muhim emas

Foto: © RIA Novosti

KXDR hukumati AQShning istalgan prezidentidan o‘ziga nisbatan dushmanona siyosatni o‘zgartirishni kutadi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning BMT qoshidagi inson huquqlari va gumanitar masalalar bo‘yicha maxsus bo‘limi vakili Kim Yen Xo ma'lum qilgan.

"Ayonki, biz AQShda kim prezident bo‘lishiga katta e'tibor qaratmaymiz. Asosiy jihati shuki, AQSh KXDR bilan munosabatlarda dushmanona siyosat olib borishni to‘xtatadimi, yo‘qmi?", — degan u jurnalistlarga BMTdagi matbuot anjumani vaqtida.

Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida, iyun oyida respublikachilar nomzodi Donald Tramp ma'lum qilgandiki, KXDRga Kim Chen In bilan uchrashish uchun borish niyati yo‘qligini, ammo uni AQShga norasmiy kechki ovqat uchun taklif etishi mumkinligini aytib o‘tgandi.

AQShda 8 noyabr kuni o‘tkazilgan prezident saylovlarida Tramp g‘alaba qozonganidan keyin, Shimoliy Koreyadagi markaziy nashr bo‘lmish "Nodon sinmun" yozib chiqdiki, KXDR o‘z yadroviy dasturidan voz kechmoqchi emas, amerikaliklarning yangi prezidenti ma'muriyati esa Pxenyan bilan munosabatlarni izga solishda yanada katta qiyinchiliklar bilan to‘qnashadi.

Mavzuga oid
Top