15:57 / 16.11.2016
7020

Sidneyda Ferrari’si yongan yigitni tunab ketishdi

Avstraliyalik Ten Shukla o‘tgan dam olish kunida birdaniga bir qancha musibatga uchradi. Sidneyda dam olish kunlarining birida uning “Ferrari”si yonib ketdi, shuningdek, bank kartasi, naqd pullari va noutbuki o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda 9NEWS mahalliy portali xabar bermoqda.

Barchasi omadsiz daqiqalarda ro‘y berdi: Shukla shahar chetidagi tumanlardan birida bank kartasidagi pulni naqdlashtirish maqsadida bankomat oldida to‘xtaydi. Oradan bir muncha vaqt o‘tib, u mashinasi yonayotganini ko‘radi. Odamlar unga yordam berishga shoshillishadi, ammo bu ishlar omadli yakunlanmaydi.

Shu sabab Shukla bankomatda kartochkasi va naqd pullarini unutib qoldiradi. U apparat yoniga qaytib kelganida, na kartochkasini va na pullarini topa olmaydi. Avstraliyalikning muammosi bu bilan tugamaydi, uning mashinasini o‘chirishga yordamga kelganlarning biri yigitning noutbukini o‘g‘irlab ketgandi.
Mashinaning yongani sabablari to‘g‘risida ma'lumot yo‘q. Sidney politsiyasi voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top