13:53 / 16.11.2016
3789

Turkiya Isroilga o‘z elchisini qaytardi

Foto: © RIA Novosti

Rasmiy Anqara Kamol Okemni Isroildagi yangi favqulodda va muxtor elchisi sifatida tayinladi, deb bayonot berdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. 

Isroil va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 2010 yilda taranglashib, ikki tomon o‘z elchilarini chaqirib olgan edi. Bunga Isroil "kommandos"ining qamalda bo‘lgan G‘azo sektoriga insonparvarlik yuklarini olib borayotgan "Ozodlik flotiliyasi" kemalari karvonini ushlagani va o‘nlab turklarning halok bo‘lgani sabab sifatida ko‘rsatiladi. 

"Biz Isroilga elchimizni tayinladik, u Kamol Okem bo‘ldi", — degan Erdo‘g‘an Anqara aeroportida Pokistonga parvozi oldidan. 

Yoz oylarida ikki davlat o‘rtasida munosabatlarni yaxshilashga doir kelishuvda o‘zaro elchilar almashinuvi ham qayd etilgan edi. 

Avvalroq, Eytan Naye Isroilning Turkiyadagi elchisi sifatida tayinlangani xabar qilingan edi. 
 

Mavzuga oid
Top