20:43 / 17.11.2016
7902

Klopp Runining mastlikdagi suratiga o‘z uslubida munosabat bildirdi

Foto: VVS

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runini mast holatda qo‘lga tushirishgani haqidagi xabarlarga munosabatini bildirib o‘tdi.

Angliya terma jamoasi hujumchisi Shotlandiyaga qarshi o‘yindan keyin mehmonxonadagi nikoh marosimiga borgan va uning mast holatdagi suratlari mahalliy nashrlar bo‘ylab tarqalgandi.

«Men bu voqea haqida ko‘p ma'lumotga ega emasman. Kimdir Runi qandaydir yomon ish qilganini ko‘ribdimi? 

Futbolchilarga achinaman. Biz hayotning qaynoq nuqtasida yashaymiz va bizning shaxsiy hayotimiz barchaning diqqat markazida turib, keng muhokama qilinadi. Lekin alaloqibatda biz ham insonmiz, yetarlicha kamchiliklarga egamiz. Bilamanki, hozirgi futbolchilar avlodi nisbatan eng professional futbolchilar avlodi sanaladi. Nafaqat, Angliyadagi.

Barcha afsonaviy futbolchilar, siz ko‘p hurmat qiladigan futbolchilarning deyarli barchasi esidan ayrilgudek darajada ichgan va aqldan ozgudek darajada chekkan. Ammo baribir eng yaxshi futbolchilar bo‘lib qolaverishgan.

Ueyn Runi qayerda, nima qilganini bilmayman, ammo ishonchim komil, jiddiy voqea yuz bermagan», deya Kloppning so‘zlarini keltirgan BBC.

Mavzuga oid
Top