00:15 / 17.11.2016
10491

OAV: Klinton saylovlardagi mag‘lubiyati alamini yordamchilaridan olgan

Foto: Getty Images

G‘arb OAVda AQSh prezidentligi saylovlarida ishtirok etgan Xillari Klinton saylovda mag‘lub bo‘lgandan keyin haqiqiy jazavaga tushgani haqida materiallar paydo bo‘ldi.

Jumladan, The American Spectator o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Klinton mag‘lub bo‘lganini bilgach, yon-atrofidagilarga baqirgan, beadab gaplar aytib so‘kingan, mebellarni vayron qilgan va o‘z yordamchilariga narsalar uloqtirgan. Ta'kidlanishicha, "g‘azab otiga mingan" Klinton bir necha soatdan keyingina o‘zini bosa olgan.

 

Top