10:39 / 17.11.2016
6413

OPeK arzon neft davri tugayotganini taxmin qilmoqda

Foto: AP Photo/Hasan Jamali

Neft arzonligi bilan bog‘liq uzoqqa cho‘zilgan davr, ehtimol, yakunlovchi bosqichda bo‘lishi mumkin. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti – OPeK bosh kotibi Muhammad Barkindo Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan Karakasda o‘tkazgan uchrashuvida shunday fikrlarni bildirdi. 

"Prezident Maduro aytganidek, neft uchun 60 yildagi eng quyi narxning guvohi bo‘ldik, - deya Barkindo so‘zlarini keltiradi Venezolana de Televisión telekanali. – Bu davr davom etmoqda, ammo biz uning so‘nggi bosqichidamiz, ehtimol". 

Barkindoning qayd etishicha, neft qazib oluvchi barcha mamlakatlar uglevodorodlar arzonlashuvining salbiy ta'sirini his qilishgan. U, shuningdek, "neft bozorini mustahkamlash jarayoni"ga qo‘shgan hissasi uchun Maduroga minnatdorchilik bildirgan.
 

Mavzuga oid
Top