13:51 / 17.11.2016
5089

Tehrondagi iflos havo tufayli ta'lim dargohlari yopilmoqda

Foto: © Getty Images

Tehron provinsiyasi atrof-muhit himoyasi boshqarmasi poytaxtdagi barcha maktablar, institutlar, shuningdek, bolalar bog‘chalarini havoning ifloslangani sabab yopilishini ma'lum qildi. Faqat shahar chetidagi Damavand, Firuzkux va Pardis shaharlari bundan mustasno. Bu haqda boshqarmaning bosh direktori Nosir Mehrdodiyning ma'lumotiga asoslanib, IRNA agentligi ma'lum qilmoqda.

Mamlakat poytaxtida uchinchi kundir-ki, atmosfera bilan bog‘liq murakkab holat sabab umumta'lim o‘rta maktablari yopiqligicha turibdi. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Tehronda joriy yilning 22 oktabridan to bugungi kunga qadar ekologik muammolar sabab 412 kishi halok bo‘lgan.
Mehrdodiyning so‘zlariga ko‘ra, ekologik holatlar murakaab bo‘lgan tumanlarda o‘sha yerda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillargina harakatlana olishi mumkin.
 

Top