11:12 / 17.11.2016
19140

Toshkent hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar timsohning o‘limiga sababchi bo‘lishdi

Foto: Tashkentzoo.uz

Toshkent hayvonot bog‘ida 10 noyabr kuni Nil daryosi timsohi halok bo‘ldi. Bu haqda hayvonot bog‘ining rasmiy saytida xabar berilgan.

Surishtiruv ishlarida oydinlik kiritilishicha, jonivorning oshqozonidan topilgan va uning o‘limiga sababchi bo‘lgan buyum topilgan. Uning oshqozoni yaxshilab o‘rganilganda, u yerdan bolalar o‘yinchog‘i aniqlangan, deb xabar bermoqda hayvonot bog‘i ma'muriyati.

Uzunligi 120 sm.ni tashkil etuvchi timsohni bundan uch yil muqaddam Isroildan keltirishgan edi. Jonivor shu davr oralig‘ida mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan va uzunligi ikki metrga yetgan.
 

Top