12:54 / 17.11.2016
4090

O‘zbekistonlik tennischi qizlar Qozog‘istonda o‘tayotgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Foto: 7tennis.ru

O‘zbekistonlik yosh tennischilar Laylo Bahodirova, Milana Maslenkova va Mark Tryakshin Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yakkalik bahslarida M.Tryakshin birinchi davrada rossiyalik Illarion Danilchenkoni, ikkinchi davrada ukrainalik Oleksey Shestakovni mag‘lubiyatga uchratdi.

Qizlar o‘rtasida L.Bahodirova va M.Maslenkova ham yakkalik bahslarining birinchi va ikkinchi davrasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, chorak finalga chiqdi. 

Turnirning juftlik bahslarida Laylo va Milana birgalikda birinchi davrada mezbon tennischilari Alisha Moldaxmetova va Sofiya Soxetskayadan 6:1, 6:3, chorak finalda Narine Sargsyan (Armaniston) va Olesya Kimdan (O‘zbekiston) 6:2, 6:2 hisobida ustun keldi.
 

Top