18:16 / 18.11.2016
5872

14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Okrug saylov komissiyasi a'zolari, xalqaro kuzatuvchilar, siyosiy partiyalarning vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tgan tadbirda okrug saylov komissiyasining vakolatlariga kiruvchi bir qancha masalalar muhokama etildi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalar kuzatuvchilarini ro‘yxatga olish hamda ularga mandat berish masalasi haqida so‘z bordi. Muddatidan oldin ovoz berish masalalari ko‘rib chiqildi.

Saylov uchastkalarini jihozlash, komissiya faoliyatini olib borish uchun zarur sharoitlar yaratish eng muhim masala. Shu bois 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasida joylarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimlarining hisobotini eshitish an'anaga aylangan. Yig‘ilishda bu an'ana davom ettirilib, Yashonobod va Yakkasaroy tumanlari hokimlarining hisoboti tinglandi. Bu haqda tumanlarga biriktirilgan komissiya a'zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonida uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarda elektr ta'minoti uzluksizligini ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratilayotir. Bu borada joylarda qanday chora-tadbirlar ko‘rilayotir. Bu haqda Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi direktori Maxamat Ikromov hisobot berdi.

14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasining navbatdagi 8-yig‘ilishida saylovga doir boshqa bir qator masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi

14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasining Matbuot markazi

Top