18:06 / 18.11.2016
5831

IHTga yangi bosh kotib tayinlandi

17 noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Makka shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tgan mazkur majlisda IHTga a'zo mamlakatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashkilot Bosh kotibligiga Saudiya Arabistoni tomonidan taklif qilingan Yusuf bin Ahmad al-Usaymin nomzodi yuzasidan fikr almashdilar. Yusuf bin Ahmad shu kungacha Bosh kotib mahkamasi direktori va bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Sessiyada Yusuf bin Ahmad al-Usaymin IHT Bosh kotibi sifatida tasdiqladi hamda Iyad Amin Madaniyga Bosh kotib lavozimidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun minnatdorchilik bildirildi.

Saudiya Arabistoni tashabbusiga binoan TIVK sessiyasi Yaman hududidan Makka tomonga ballistik raketa uchirilishi munosabati bilan rezolyutsiya qabul qildi.

Top