21:31 / 18.11.2016
10376

Kechki dayjest: 18 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 18 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida. 

Toshkent metrosida Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi innovatsion vagonlar paydo bo‘lishi mumkin

Rossiyaning "Transmashxolding" kompaniyasi Toshkent metropoliteni vagonlar tarkibini modernizatsiya qilishda ishtirok etmoqchi.

>>>  Batafsil.

Video: Erdo‘g‘an Samarqandda. O‘zaro munosabatlarda yangi sahifa


Suratlar: tccb.gov.tr

Turkiyaning Haberturk telekanali mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifidan fotoreportaj uyushtirdi.

>>>  Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an 3 soatga yaqin vaqt davomida yuzma-yuz muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Samarqandda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

>>>  Batafsil.

Milliy telekanallarda Shavkat Mirziyoyev haqida film namoyish etildi

O‘zMTRKning «O‘zbekiston» va «Yoshlar» telekanallarida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev haqidagi hujjatli film namoyish etildi.

>>> Batafsil.

YeI va AQSh o‘rtasidagi erkin savdo bitimi barbod bo‘lishi mumkin


Foto: © AP

GFR kansler Angela Merkelning bayonot berishicha, ayni vaqtda AQSh va YeI o‘rtasida erkin savdo bitimini tuzish istiqbollarini ko‘rmayapti.

>>>   Batafsil.

Azonni taqiqlash – Quddusda musulmonlar mavjudligini rad etishga urinishdir

Turkiya din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Mehmet Germez Isroil Knesset tomonidan azonni taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasi muhokamasini qoraladi.

>>>  Batafsil.

Obama: Tramp AQShning Rossiyaga nisbatan siyosatini to‘laqonli davom ettirmaydi


Foto: © AP

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Vashingtonning Rossiyaga nisbatan siyosatini to‘laqonli davom ettirmaydi, deb hisoblamoqda AQSh prezidenti Barak Obama.

>>>  Batafsil.

Ivanka Tramp otasining Yaponiya bosh vaziri bilan uchrashuvida ishtirok etdi


Foto: politico.com

Amerikalik tadbirkor ayol va AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka otasining Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan muloqotida qatnashdi.

>>>  Batafsil.

AQShning navbatdagi nishoni Eronmi?


Foto: © Fotolia

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida davlat kotibligiga nomzod, AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Jon Bolton Yaqin sharq mintaqasida uzoq muddatli xavfsizlikni ta'minlash omilini bildirdi.

>>>  Batafsil.

Volkswagen salkam 4 mlrd yevro tejash uchun necha ming xodimini qisqartirishini bildirdi

Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi kasaba uyushmalari bilan 23 ming nafar ish o‘rnini qisqartirish va 3,7 mlrd yevro mablag‘ni iqtisod qilish borasida kelishuvga erishdi.

>>>  Batafsil.

Burger King Sobchakning o‘g‘liga ajoyib ism taklif qildi


Foto: © RIA

Burger King fast-fud restoranlari tarmog‘i bugun, 18 noyabr kuni onalik baxtiga erishgan teleboshlovchi Kseniya Sobchakka reklama hamkorligini taklif etdi.

>>>  Batafsil.

Farrux Zokirov jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi

O‘zbekiston xalq artisti, "Yalla" guruhi solisti Farrux Zokirov jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi.

>>>   Batafsil.

Hyundai kompaniyasi Xitoy bozori uchun maxsus sedanini taqdim etdi

Janubiy Koreya avtomobil gigantining yangi modeli Xitoy bozori uchun maxsus ishlab chiqilgan. Shu bois, uning rasmiy taqdimoti ham Guanchjou avtoko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi.

>>>   Batafsil.

APLda oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte premer-liganing oktabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

>>>  Batafsil.

JCh uchun saralash bosqichi o‘yinlari bekor qilinishi mumkin


Foto: Goal.com

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati formatiga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.

>>> Batafsil.

Top