22:17 / 18.11.2016
9949

Qirg‘izistonda fuqarolik nikohidan o‘tmay, shar'iy nikoh o‘qitish taqiqlab qo‘yildi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev "FHDYoda ro‘yxatdan o‘tmay diniy nikoh udumlarini o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezidentning axborot siyosati bo‘limi ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, qonun balog‘atga yetmaganlarning turmush, salomatlik, ta'lim, rivojlanish va ular tomondan minimal nikoh yoshiga yetish bo‘yicha huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, balog‘atga yetmaganlarga shar'iy nikoh o‘qitishda Oila kodeksining nikoh yoshi bo‘yicha talablari buzilayotgan bo‘lsa, unda ishtirok etgan shaxslar, jumladan imomlar va ota-onalar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Qonun rasman chop etilgandan 30 kun o‘tib kuchga kiradi.

 

Top