14:33 / 18.11.2016
8755

Merilin Monroning ko‘ylagi qariyb 5 mln dollarga sotildi

Foto: AFP

Aktrisa Merilin Monro o‘zining Jon Kennediga bag‘ishlangan "Happy Birthday to You" ("Tug‘ilgan kuningiz bilan, janob prezident") nomli qo‘shig‘ini aytishda kiyib tushgan ko‘ylagi Los-Anjyelesdagi Beverli-Hillzdagi auksionda 4,8 million dollarga baholandi.

Avvaliga 3 million dollarga baholangan bu ko‘ylak auksionlarda sotilgan eng qimmatbaho ko‘ylakka aylandi.

Dizayner Jan Lui 2500 kristall bilan bezagan bu libosni Ripli muzeyi tomonidan xarid qilingan.

Julien's Auctions tomonidan tashkil etilgan auksion 3 kun davom etib, unda Merilin Monroning boshqa liboslari ham pullangan.

Monroning chiqishi, AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi 45 yoshga to‘lgan kunda, 1962 yili Nyu-Yorkdagi marosimda ro‘y bergandi. Bu uning omma oldidagi oxirgi chiqishlaridan biriga aylangan. Merilin Monro "Tug‘ilgan kuningiz bilan, janob prezident" qo‘shig‘ini kuylaganidan 3 oy o‘tib vafot etgandi. Jon Kennedi ham bir yil o‘tib halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top