01:05 / 18.11.2016
6316

Mozambikda benzovoz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 kishiga yetdi

Foto: © AFP

Mozambikda benzovoz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 kishiga yetdi.

Bu haqda mamlakat rahbariyatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Avvalroq 43 kishi halok bo‘lgani va 110 kishi yaralangani ma'lum qilingan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, portlash Beyra shahridan Malavi shahriga ketayotgan benzovoz yo‘lda ag‘darilib ketib, odamlar mashinadan benzinni oqizib yubormoqchi bo‘lib unga qarab chopganlarida yuz bergan. 
 

Top