07:32 / 18.11.2016
11083

Uitni Xyuston marhum qizining qallig‘i 36 mln dollar to‘lashga majburlab qo‘yildi

Foto: Getty Images

AQShning Fulton shahri oliy sudi marhum qo‘shiqchi Uitni Xyustonning marhum qizi Kristina Braunning qallig‘i Nik Gordonni uning qizning o‘limiga aloqadorlik bo‘yicha ish yuzasidan 36,3 mln dollar to‘lashga majburlab qo‘ydi. Bu haqda AFP xabar bermoqda. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Gordon sudga kelmagan. Shunisi ma'lumki, yigitga 22 yoshli Kristinaning o‘limi bo‘yicha ayblov e'lon qilinmagan. Biroq sentabrda Gordon qizning o‘limiga javobgar deb topilgan. Tergov taxminiga ko‘ra, Kristina Gordon bilan janjallashib qolgandan keyin o‘z joniga qasd qilgan.

Bobbi Kristina Braun 2015 yil 26 iyulda 6 oylik komadan chiqa olmagach vafot etgandi.

Hanuzgacha qiz ataylab o‘ldirilgani yoki bu baxtsiz hodisa bo‘lgani noaniqligicha qolmoqda.

Qiz behush holda topilganda Gordon uning uyida bo‘lgan. Tergov taxminiga ko‘ra, yigit qizga zaharli kokteyl bergan.

 

Mavzuga oid
Top