21:53 / 18.11.2016
6919

O‘zbekistonda Slovakiya kinosi kunlari boshlandi

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Slovakiya kinosi kunlari boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

"O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktori O.Musayev, Slovakiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi P.Ivan va boshqalar Slovakiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalar qatori madaniyat va san'at yo‘nalishida ham izchil rivojlanib borayotganini ta'kidladi.

Ikki mamlakatning folklor jamoalari, foto va tasviriy san'at ustalari O‘zbekiston va Slovakiyada o‘tkazilayotgan turli madaniy tadbirlarda qatnashmoqda. Mamlakatimiz san'at namoyandalari Slovakiyada o‘tkaziladigan ko‘plab festivallar, san'at anjumanlari va ko‘rgazmalarda, slovakiyalik san'at ustalari esa O‘zbekistonda tashkil etiladigan turli madaniy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

Hayotiy voqealar asosida suratga olingan "Men sevaman, sen sevasan" filmi ushbu kinoasarlardan biridir. Unda har qanday qiyinchilik va sinovlarga bardosh bera oladigan insonlar hayoti aks ettirilgan. Rejissyor Dushan Xanakning mazkur kartinasida bosh rollarni Roman Klosovski, Iva Yanjurova, Milan Yelich ijro etgan. Bu film "322" va "Eski dunyo manzaralari" kartinalarining mantiqiy davomi bo‘lib, rejissyor 1989 yili shu filmlari uchun Berlinda o‘tkaziladigan "Kumush ayiq" festivalida "Eng yaxshi rejissyor" nominatsiyasini qo‘lga kiritgan.

Dasturning ikkinchi kunida rejissyor Peter Solanning "Bokschi va o‘lim", uchinchi kunida rejissyor Miloslav Luterning "Dunay orqali yo‘l" filmlari namoyish etiladi.

 

Top