07:51 / 19.11.2016
7150

Amerika sudi Venesuela prezidenti qaynilariga hukm o‘qidi

Foto: Reuters

AQShning Nyu York shahri sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning rafiqasi jiyanlarini giyohvand moddalari kontrabandasida aybdor deb topdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, 2015 yil oktabrida bir necha jinoyatchilar bilan AQShga besh kilogrammdan ortiq kokainni olib kirish va tarqatish borasida til biriktirgan. 

Avvalroq, 29 yoshli Efran Antonio Kampo Flores 30 yoshli Frantsisk Flores de Freytas bilan «Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari»ga tegishli giyohvand moddalarni olishi kerak bo‘lgani aytilgandi.

Venesuela davlat rahbari qarindoshlari bu moddalarni 5 mln dollarga pullamoqchi bo‘lishgan.


 

Mavzuga oid
Top