16:27 / 19.11.2016
9525

Gruziya bosh vaziri kim bo‘lishi ma'lum bo‘ldi

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili «Gruziya orzusi» partiyasi tomonidan mamlakat bosh vazirligiga tavsiya qilingan Georgiy Kvirikashvili nomzodini ma'qulladi. Bu haqda TASS agentligi Gruziya rahbari matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Gruziyada parlament saylovida aksar ovozni to‘plagan partiya bosh vazir nomzodini ilgari suradi va hukumatni shakllantiradi. 2016 yilgi parlament saylovlarida «Gruziya orzusi» partiyasi eng ko‘p ovoz olishga muvaffaq bo‘lgan edi. 

18 noyabrda yangi parlament vakolatlari tasdiqlangan edi. Oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda uchta partiya mamlakat parlamenti tarkibiga kirdi. «Gruziya orzusi» partiyasi 48,8 foiz saylovchining ishonchini qozongan edi. 

Mavzuga oid
Top