00:41 / 19.11.2016
18079

Turkiya armiyasi yuqori aniqlikdagi qurolga ega bo‘ldi

Foto: Aa.com.tr

"Kasirga" yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi yuqori aniqlikdagi qurol bo‘lib, 120 km uzoqlikdagi nishonni yo‘q qila oladi, deb xabar bermoqda Anadolu. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik ushbu qurolning Turkiya qurolli kuchlariga topshirilishi marosimida aytib o‘tdi. 

Ishikning aytishicha, Turkiya o‘z qurolli kuchlarining bunday qurolga ehtiyojlarini ichki ishlab chiqarish hisobiga qondirmoqda.  

Vazirning aytishicha, Anqara mudofaa sohasidagi texnologiyalarni do‘stona va qardosh davlatlarga ham beradi. Vazirning ta'kidlashicha, "Kasirga" to‘liqligicha turk ishlanmasi hisoblanadi.
 

Top