23:18 / 20.11.2016
22210

Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

 

O‘zbekiston yaqin qo‘shnilari bilan aloqalarni yaxshilashda davom etmoqda

Foto: UzDaily

8–13 noyabr kunlari tasdiqlangan reja-jadvalga binoan Farg‘ona shahrida davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlari tutashgan hududlarda davlat chegaralarining avval muvofiqlashtirilmagan 14 uchastkasida qo‘shma dala tekshiruvlari va instrumental topografik rasmga olish tadbirlari o‘tkazildi. >> Batafsil

Foto: «Nezavisimoye mneniye»

15-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chagarasini huquqiy rasmiylashtirishning amaliy masalalari muhokama qilindi >> Batafsil

 

O‘zbekiston Prezidenti saylovi

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar hafta davomida turli viloyatlarda saylovchilarni o‘zlarining saylovoldi dasturlari bilan tanishtirishdi. 

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari O‘zbekistonga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatishda ishtirok etadi >> Batafsil

 

O‘zbekiston Turkiya munosabatlarida yangi istiqbolli sahifa

Foto: Tccb.gov.tr

 

Turkiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni istamoqda

O‘zbekiston – Turkiya: hamkorlikning yangi imkoniyatlari

Video: Erdo‘g‘an Samarqandda. O‘zaro munosabatlarda yangi sahifa

Shavkat Mirziyoyev: Turkiya yirik imkoniyatlarga ega va dunyo miqyosida katta hurmat qozongan davlat

Maxsus fotoreportaj: Erdo‘g‘an buyuk Samarqandda

Turkiya prezidenti Imom al-Buxoriy majmuasida juma namozini o‘qidi

2017 yilda O‘zbekiston va Turkiya hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

 

Toshkentda birinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi

Foto: Sputnik / Stringer

Toshkentda birinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu yarmarkada qay tarzda o‘tdi va unda qanday muhim shartnomalar imzolandi? >> Batafsil

 

Pora bilan qo‘lga tushgan Rossiya amaldori

Foto: © RIA Novosti

Rossiya Tergov qo‘mitasi mamlakat iqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayevni hibsga oldi. Amaldor qancha miqdordagi pul bilan ushlandi, unga qanday jazo tayinlanadi? >> Batafsil

 

O‘zbekistonga oid muhim yangiliklar

Foto: Kun.uz

Ko‘plab nashrlarda 13 noyabrdan 14 noyabrga o‘tar kechasi yuz berishi ma'lum qilingan Superoy hodisasi bir kunga kechikib, 14 noyabrdan 15 noyabrga o‘tar kechasi yuz berdi. >> Suratlar

 

Foto: TASS

Ukraina BMT Bosh Assambleyasi 3-qo‘mitasida Qrimdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni qoralovchi hamda Rossiyani yarimorolga xalqaro kuzatuvchilarni kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilinishiga erishdi.

Hujjatni 73 mamlakat, xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va YeI mamlakatlari ma'qullagan. 23 davlat, jumladan Rossiyadan tashqari, O‘zbekiston, Armaniston, Belorussiya, Venesuela, Xitoy, KXDR, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Serbiya va Suriya qarshi ovoz bergan. >> Batafsil

 

© AP Photo

NATO tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun 2014 yil mayida O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ochgan byurosi yopiladi. RIA Novosti agentligi byuro xodimlariga asoslanib xabar berishicha, tashkilot vakolatxonasi 2017 yil aprelida yopiladi. >> Batafsil

 

Foto: «Lukoyl»

Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekistondagi gaz-kondensat konlarining Hisor guruhini ishlab chiqish bo‘yicha loyihani moliyalashtirishga 500 million dollar hajmida kredit jalb qildi. >> Batafsil

 

Toshkent shahri tumanlarining pasport beruvchi bo‘limlari qabullarni to‘xtatgan va biometrik pasportga suratga olish ishlari amalga oshirilmayapti. >> Batafsil

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari Sulton Rahimzoda Markaziy Osiyo mintaqasida suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalari nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari yuzasidan fikr almashishdi. >> Batafsil

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 25 yoshni qarshiladi. 1991 yil 18 noyabr kuni Birinchi Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. >> Batafsil

 

Foto: financeandcareer.com

Fitch Ratings reyting agentligi O‘zbekistonning davlat nazorati ostidagi 4ta bankining xorijiy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolti reytingini «B» darajadan «B+» darajagacha ko‘tardi. >> Batafsil

 

Foto: Guardian

London iqtisodiyot va tinchlik instituti 16 noyabr kuni Global Terrorism Index (GTI) nomi bilan terrorizm bilan bog‘liq global jarayonlar va ko‘rsatkichlar tahlilini e'lon qildi. O‘zbekiston terrorizm xavfi pastligi bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda e'tirof etildi. >> Batafsil

 

Foto: facebook.com/lola.karimova.tillyaeva

Tatyana va Lola Karimova Islom Karimov fondi tuzilishini ma'lum qilishdi. Islom Karimov Fondi tomonidan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, oliy o‘quv yurti va maktab murabbiylari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini oshirishga yo‘naltirilgan turli ilmiy-ma'rifiy, madaniy dastur va loyihalar amalga oshiriladi. >> Batafsil

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston Samarqand-Chimkent-Turkiston va Chordara-Yettisoy-Jizzax yo‘nalishi bo‘yicha avtobus aloqasini joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. >> Batafsil

 

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti og‘irlashishidan ogohlantirdi. Vazirlik 19-21 noyabr kunlari hududda noqulay ob-havo sharoiti hukm surishi kutilayotgani haqida fuqarolarga SMS-bildirishnomalar yubormoqda. >> Batafsil

 

Milliy musiqa sanatimiz rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan O‘zbekiston xalq Hofizi, “Do‘stlik” medali sohibi Ismoiljon Vahobov olamdan o‘tdi. >> Batafsil

 

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Sibur Arena” majmuasida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkibda yurtimiz sport sharafini himoya qilyapti.

E'tiborlisi, jahon chempionatining ilk kuni ringga ko‘tarilgan 5 nafar bokschimizning barchasi raqiblarini katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi. >> Batafsil

 

Jahonda yuz bergan eng muhim yangiliklar

17 noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Makka shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi. Sessiyada Yusuf bin Ahmad al-Usaymin IHT Bosh kotibi sifatida tasdiqladi hamda Iyad Amin Madaniyga Bosh kotib lavozimidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun minnatdorchilik bildirildi. >> Batafsil

 

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildiki, Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lish — mamlakat uchun yagona variant emas. U Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo‘lishni muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. >> Batafsil

 

«Pranker Vovan» taxallusi bilan tanilgan Vladimir Kuznetsov YouTube portalidagi kanalida Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan suhbati yozilgan 15 daqiqalik audioyozuvni joylashtirdi. >> Batafsil

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an amerikalik hamkasbi Barak Obama va vitse-prezident Jo Baydenni Suriya muammosiga jiddiy yondashmaganlikda aybladi. >> Batafsil

 

Foto: © AFP

Aftidan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi "Jayn nazariyasi"ni amalda sinab ko‘rishga qaror qilgan ko‘rinadi. Bu oyda Modi boshchiligidagi mamlakat hukumati tub pul islohotini o‘tkazdi va yuqori nominalli ikki banknotani muomaladan chiqarib tashladi. >> Batafsil

 

Mercedes-Maybach yangi kabrioletining ilk tizer tasvirlarini namoyish etdi. Avtomobilning rasmiy taqdimoti 16 noyabr kuni Los-Anjyeles avtosalonida bo‘lib o‘tadi. >> Batafsil

 

Amerikaning Forbes jurnali eng ko‘p haq to‘lanadigan 30 yoshga to‘lmagan mashhurlar reytingini e'lon qildi.

Birinchi o‘rinda amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift bormoqda. Uning yoshi 26 da bo‘lib, 2016 yil 170 mln dollar ishlagan. >> Batafsil

 

Foto: DNA

Jahonga mashhur aktyor va jang san'ati ustasi Jyeki Chan kinematografdagi xizmatlari uchun "Oskar" mukofoti bilan taqdirlandi. >> Batafsil

Top