18:04 / 20.11.2016
6002

Yaponiyaning 10 yoshli shahzodasi yo‘l-transport hodisasiga yo‘liqdi

Foto: © RIA Novosti

Yaponiya imperatori Akixitoning 10 yoshli nabirasi shahzoda Xisaxito yo‘l-transport hodisasi qurbonlari yod olinadigan kunda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Yahoo! Japan nashri xabar berishicha, u onasi malika Kiko bilan ketayotganida falokatga yo‘liqqan.

Avtohalokat Kanagava prefekturasining Sagamixara shahrida ro‘y bergan.

Yaponiya imperator oilasi xonadoni vakillarini olib ketayotgan  avtomobil oldinda ketayotgan mashinaga borib urilgan, biroq bunda aynan kim aybdor ekani hozircha ma'lum emas.

Imperator saroyi boshqarmasining bildirishicha, imperator oilasi vakillari jabrlanmagan.

Hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun, malika Kiko imperator Akixitoning kichik o‘g‘li shahzoda Akisinoning turmush o‘rtog‘i bo‘ladi.

Top