20:01 / 20.11.2016
6912

Eden Azar amalga oshgan orzusi haqida gapirib berdi

Londonning «Chelsi» va Belgiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Eden Azar Niderlandiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (1:1) orzusi amalga oshganini ta'kidlab o‘tdi.

«10 yil oldin, biz bog‘da birga to‘p tepib yurganimizda, birgalikda klubdami yoki terma jamoada to‘p sursak zo‘r ish bo‘lishini gaplashgandik. Bu bizning azaliy orzuimiz edi va bu amalga oshdi. Uchrashuvni televizor orqali tomosha qilgan ota-onamiz bizdan faxrlangan bo‘lishlari kerak. 

Ha, biz bir-birimizga uzatmalarni amalga oshirdik. U maydonga tushganida, men bilan birga yugurishini so‘radim, u «okey, muammo emas» deb javob berdi. Torgan ajoyib uka», — deya Azardan iqtibos keltiradi «Chelsi» rasmiy sayti.

 

 

Manba: tribuna.uz 

Top